Dana Uayt promoushenida o'zbekistonlik bokschi debyut qiladi

UFC prezidenti Dana Uayt tomonidan tashkil etilgan «Zuffa Boxing» promousheni bilan shartnoma imzolagan o'zbekistonlik bokschi Rahmatullo Boymatovning ilk jang sanasi va raqibi ma'lum bo'ldi.
Hamyurtimiz 10 may kuni professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni amerikalik Alarenz Stanton raqiblik qiladi. Mazkur to'qnashuv yarim og'ir vazn toifasida (79,38 kg) bo'lib o'tishi va 6 raund davom etishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, Boymatovning raqibi A. Stanton professional ringda etarlicha tajribaga ega. U hozirga qadar 10 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan va faqat bir bor mag'lubiyatga uchragan.
