Dana Uayt Konor Makgregorning oktagonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni prezidenti Dana Uayt 37 yoshli afsonaviy irlandiyalik jangchi, promoushen tarixidagi ilk ikki vazn toifasi chempioni Konor Makgregorning ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi.
— Konor ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Uning qaytishi bo'yicha qanday yangiliklar bor?
— Hammasi yaxshi ko'rinyapti. Bilasizmi, u bilan kelishuvga erishishimiz bilan, bu haqda e'lon qilamiz, — dedi Uayt Vankuverdagi UFC turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Avvalroq Konor Makgregor 2021 yildan beri MMA qoidalari bo'yicha ilk jangini shu yozda o'tkazish niyatida ekanligini ma'lum qilgan edi.