Italiyalik sobiq futbolchi Oskar Damiani 2026 yilda Italiya futbolidan kutganlari haqida gapirdi.

"Napoli 2025 yilda eng yaxshi klub bo'lib chiqdi. 2026 yilda nimani kutyapman? 2026 yilda A Seriya jamoalarida ko'proq italiyalik futbolchilarni ko'rishni istayman.

Ligada juda ko'p xorijliklar bor. Men bu globallashuv ekanligini tushunaman, lekin men hali ham an'anaviy narsalarga o'rganib qolganman", dedi Damiani.