«Manchester Yunayted» himoyachisi Diogu Dalot jamoa hujumchisi Benyamin Sheshko bilan bo'lib o'tgan suhbat haqida gapirib berdi.

«Men Sheshkoga shunday dedim: «Bilasanmi, nima sodir bo'ladi? Sen bitta gol urasan va OAV seni keyingi mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo'lishingni ayta boshlaydi. Va bu sodir bo'lganida, menga sening keyingi kuni ham o'sha-o'sha yigit bo'lib qolishing kerak», — dedi Dalot Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

Sheshko o'tgan yozda «Manchester Yunayted» safiga kelib qo'shilgan edi. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti bor ishg'ol qildi va bitta assistni amalga oshirdi.

23 fevral kuni «qizil iblislar» safarda «Everton» bilan to'qnash kelishadi.