Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Diogu Dalot 2026 yilgi jahon chempionatining K guruhi 2-turi doirasida O'zbekiston milliy jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

«G'alaba — eng muhimi. U ishonchli bo'ladimi yoki yo'qmi, g'alaba — bu g'alaba. Keyingi bosqichga chiqish uchun qo'lga kiritadigan har bir ochko juda muhim. Bizni qat'iyatli jamoa bilan uchrashuv kutib turibdi. Oson o'yin kutmayapmiz, ammo to'g'ri qaror qabul qilish va o'yinda g'alaba qozonish o'zimizga bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz shunda», — deya Dalotning so'zlarini keltiradi Portugaliya futbol federatsiyasining rasmiy sayti.

Portugaliya va O'zbekiston uchrashuvi 23-iyun kuni soat 22:00'da boshlanishi belgilangan.

Manba: Stadion.uz