Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan bahsda Xorvatiya terma jamoasi Gana milliy terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu natija haqida «shaxmatchilar» ustozi Zlatko Dalich o'z fikrini bildirdi.

«Yaxshi raqibga qarshi kechgan qiyin o'yin va ajoyib g'alaba. Biz taktikamizni o'zgartirdik va bu juda yaxshi samara berdi. Ko'p yillar davomida foydalangan avvalgi sxemamizga qaytishga qaror qilgandik. Jamoa o'z vazifasini bajardi, biz pley-offga yo'l oldik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz», — deya bosh murabbiyning so'zlarini Index.hr nashri keltirmoqda.

Mundialning 1/16 finali doirasida Xorvatiya terma jamoasi Portugaliya bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz