Dalich 40 yoshli Modrichdan Jahon chempionatida katta natijalar kutmoqda

Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Luka Modrichning o'yinlari borasida o'z fikrini bildirdi.
Yaqinda Italiyaning «Milan» klubi markaziy yarim himoyachisi Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) ishtirok etdi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
«U bizning sardorimiz, asosiy yo'lchi yulduzimiz va etakchimiz. Uni ko'p bora hisobdan chiqarishga urinishdi, ammo u noyob va takrorlanmas futbolchi. Umid qilamanki, Luka bizga Jahon chempionatida katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi», — dedi Dalich.
Joriy mavsumda 40 yoshli Modrich barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.