Dahshatli jarohat olgan Kone Kanada terma jamoasi o'yiniga tashrif buyurdi (FOTO)

Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Kone Vankuverda Shveytsariyaga qarshi kechayotgan o'yinda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlamoqda. Ayni damda jarohat olgan futbolchi «Bi-Si Pleys» arenasi tribunasida o'tiribdi.
O'yin boshlanishidan oldin og'ir jarohat olgan futbolchi kanadalik muxlislarga ko'rinish berdi, u nogironlar aravachasida va qo'ltiqtayoqlar yordamida harakatlanayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Kanada — Qatar uchrashuvida Kone dahshatli jarohat — oyog'ining ikki joyidan sinishi jarohatini olgandi. Ushbu noxush voqea ikkinchi taymda Qatar terma jamoasi himoyachisi Konega qarshi qo'pollik ishlatganidan so'ng sodir bo'lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar