Irlandiya terma jamoasi JCh-2026 saralash pley-offida ishtirok etadi. Jamoa o'z guruhida ikkinchi o'rinni egalladi.

Bugun, 16 noyabr kuni JCh-2026 saralashi doirasida Vengriya va Irlandiya terma jamoalari o'zaro bahs olib bordi. O'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 3:2 hisobida irlandiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. To'rtinchi daqiqada Daniel Lukach mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Troy Perrott penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 37-daqiqada vengerlar Barnabash Varganing goli evaziga yana oldinga o'tib oldi. 80-daqiqada Troy Perrott dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunida Troy Perott xet-trik qayd etib, g'alaba to'pini kiritdi.

Irlandiya o'n ochko bilan «F» guruhida ikkinchi o'rinni egalladi. Jamoa o'tish o'yinlari orqali jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Vengriya 8 ochko bilan uchinchi bo'ldi.

JCh-2026 saralashi. Evropa. 10-tur. «F» guruhi

Vengriya - Irlandiya - 2:3

16 noyabr, 19:00. «Puskas Arena» (Budapesht).

Gollar: Lukach, 3 (1:0). Perrott, 15 - penaltidan (1:1). Varga, 37 (2:1). Perrott, 80 (2:2). Perrott, 90+6 (2:3)

Vengriya: Dibus, Salai, Orban, Kerkez, Nego (Mochi, 90+3), Soboslai, Shefer (Etvesh, 63), Tot (Bolla, 76), Sholloi (Redzich, 90+3), Lukach (Stayls, 63), Varga

Irlandiya: Kellexer, Kollinz, OShi, OBrayen (Menning, 46), Kallen (Teylor, 80), Molumbi (Ebosele, 60), Skeyls, Koulman (Kenni, 60), Eyzas, Ogbene (Ida, 53), Perrott

Ogohlantirishlar: Salai, 45. Varga, 90 - Skeyls, 68. Kallen, 78. Ebosele, 89. Perrott, 90

Manba: www.stadion.uz.