CONCACAF Ispaniya futbol federatsiyasidan tushuntirish so'radi

Xabaringiz bor, La Liga "Vilyarreal" va "Barselona" ishtirokidagi o'yin 20 dekabr kuni Mayamidagi "Xard Rok" stadionida bo'lib o'tishini tasdiqladi.
CHTV ma'lumotiga ko'ra, CONCACAF Ispaniya futbol federatsiyasidan (RFEF) ushbu o'yin Mayamida o'tkazilishi haqida tushuntirish so'radi.
Agar o'yin u erda o'tkazilsa, ular hakamlar amerikalik bo'lishini istashmoqda.