«Trua» jamoasi Liga 1 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bugun Stefan Dyumon shogirdlari Liga 2ning 32-turi doirasida «Sent-Eten»ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Endilikda jamoa mavsum yakunlariga ko'ra dastlabki ikki o'rindan birini egallashi kafolatlandi — uchinchi o'rinda borayotgan «Sent-Eten» chempionat yakuniga ikki tur qolganda peshqadamdan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

«Trua» Frantsiya ikkinchi divizionida uch mavsumni o'tkazdi. Ta'kidlash joizki, ushbu klub City Football Group xoldingiga tegishli.