CIES Football Observatory xalqaro tadqiqot markazi Evropaning etakchi klublari so'nggi 10 yil ichida transfer bozorida sarflagan mablag'lari qanchalik foyda berganini hisoblab chiqdi. Tadqiqotda 2014/15 yilgi mavsumdan 2023/24 yilgi mavsumgacha bo'lgan davr qamrab olingan.

Reytingning asosiy mezoni sifatida har 1 milliard evro xarajat evaziga qo'lga kiritilgan sovrinlar soni olingan.

Natijalarga ko'ra, Myunxenning «Bavariya» klubi eng yuqori samaradorlikni namoyish etgan.

Har 1 mlrd evro xarajat evaziga qo'lga kiritilgan sovrinlar:

  • «Bavariya» — 10,8 ta sovrin;

  • «PSJ» — 10,0 ta sovrin;

  • «Real Madrid» — 8,6 ta sovrin;

  • «Manchester Siti» — 6,6 ta sovrin;

  • «Barselona» — 6,6 ta sovrin.