Xalqaro sport tadqiqotlari markazi eng ko'p maosh olishi kerak bo'lgan 100 nafar futbolchi ro'yxatini taqdim etdi.

Hisob-kitoblar o'yin vaqti, o'yinlar darajasi, boshlang'ich tarkibda maydonga tushish, maydondagi pozitsiya, shuningdek, shartnoma imzolash yoki uzaytirish paytida futbolchilar tomonidan kelishilgan 2000 ga yaqin maoshlar haqidagi ma'lumotlarni hisobga olgan holda statistik model asosida amalga oshirildi.

Birinchi yigirmatalikka quyidagilar kirdi:

1. Kilian Mbappe ("Real") - 22,8 mln evro olishi kerak.

2. Muhammad Saloh («Liverpul») – 17,9 mln evro.

3. Jud Bellingem («Real») – 17,5 mln evro.

4. Joau Nevesh («PSJ») – 17,3 mln evro.

5. Dominik Soboslai («Liverpul») – 17,1 mln evro.

6-7. Usmon Dembele («PSJ») – 16,9 mln evro.

6-7. Xulian Alvares («Atletiko») – 16,9 mln evro.

8-9. Lautaro Martines («Inter») – 16,7 mln evro.

8-9. Lamin Yamal («Barselona») – 16,7 mln evro.

10-11. Vinisius Junior («Real») – 16,2 mln evro.

10-11. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») – 16,2 mln evro.

12. Markus Tyuram («Inter») – 16 mln evro.

13-14. Luis Dias («Bavariya») – 15,7 mln evro.

13-14. Xarri Keyn («Bavariya») – 15,7 mln evro.

15. Kodi Gakpo («Liverpul») – 15,5 mln evro.

16-18. Orelen Tchuameni («Real») – 15,3 mln evro.

16-18. Bredli Barkolya («PSJ») – 15,3 mln evro.

16-18. Rafinya Dias («Barselona») – 15,3 mln evro.

19. Erling Xoland («Manchester Siti») – 15,2 mln evro.

20. Rayan Gravenberx («Liverpul») – 15,1 mln evro.