Chukvuemeka "Borussiya"ga o'tmoqda

Karni Chukvuemeka Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tmoqda.
Fabritsio Romanoga ko'ra, bitim yopilgan. "Chelsi" yarimhimoyachi uchun bonuslar bilan hisoblaganda taxminan 25 mln evro oladi.
Bundan tashqari, kelishuv doirasida "Chelsi" Chukvuemekaning qayta sotuvidan katta foizga ega bo'ladi.
Futbolchi joriy yilning fevral oyidan buyon dortmundliklar safida ijara asosida to'p tepib kelayotgan edi.