Ayder Kurbaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi “China cup” musobaqasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

O'smirlarimiz Koreya Respublikasiga qarshi bahsda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoamizning yagona goliga Behruz Samatov mualliflik qildi.

“China cup”
O'zbekiston U-16 — Koreya Respublikasi U-16 — 1:4

Gol: Behruz Samatov.

O'zbekiston U-16 asosiy tarkibi: Almaz Ayupov, Hojiakbar Zulfiqorov, Yahyo Nasrulloev, Emmanuel Emonkpaire, Ro'zimurod Ro'zimurodov, Abdulaziz Shukurov, Husan Urolov, Abubakr Mamatov, Hasan Urolov, Fayz Achilov, Behruz Samatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Odilov, To'raqulov, Abrorov, Akbaraliev, Uskenboev, Xayrullaev, Baxtiyorov.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan