Chili terma jamoasi murabbiyi Braziliyaga qarshi o'yindan keyin Karlo Anchelottini maqtadi.

JCh-2026 saralash o'yinida chililiklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Biz futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri haqida gapiryapmiz. Beshta mamlakatda chempion, Chempionlar ligasi g'olibi - uning ajoyib karerasi bor.

Bunday murabbiyga duch kelish imkoniyati meni o'sishga undaydi. Anchelotti nafaqat ajoyib mutaxassis, balki ajoyib inson hamdir.

Men unga faqat hurmat va hayrat bilan qarshim mumkin," - dedi Chili terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Nikolas Kordova.