Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni va sardori Xose Luis Chilavert Jahon chempionatining 1/8 finali doirasidagi Frantsiyaga qarshi o'yin oldidan shov-shuvli bayonot bilan chiqdi.

60 yoshli sobiq futbolchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarrining frantsuzlar Paragvayni hech qanday muammosiz tor-mor etishi haqidagi fikri aks etgan skrinshotni joylashtirdi. Bunga javoban Chilavert shunday deb yozdi:

«Kristof, sen haqsan. 1998 yilda biz Frantsiyaga qarshi o'ynagan edik, endi esa Paragvay Afrikadan kelgan jamoa bilan to'qnash keladi».

Sobiq darvozabonning ushbu so'zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Frantsiya futbol federatsiyasi hozircha Chilavertning gaplariga hech qanday munosabat bildirmadi.

1998 yilgi o'z uyida o'tgan jahon chempionatining 1/8 finalida frantsuzlar «oltin gol» evaziga Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etishgan edi. Endi jamoalar dunyo birinchiligining xuddi shu bosqichida yana to'qnash kelishadi. Uchrashuv 5 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz