Chexiya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati uchun milliy terma jamoaning 54 kishidan iborat kengaytirilgan ro'yxatini taqdim etdi.

Darvozabonlar: Lukash Gornichek («Braga»), Martin Edlichka («Banik»), Antonin Kinski («Tottenxem»), Yan Kutnii («Sigma»), Matey Kovarj («PSV»), Yakub Markovich («Slaviya»), Indrjix Stanek («Slaviya»).

Himoyachilar: Vladimir Tsoufal («Xoffenxaym»), David Doudera («Slaviya»), Matey Gadash («Sigma»), Tomash Golesh («Slaviya»), Robin Granach («Xoffenxaym»), Shtepan Xaloupek («Slaviya»), Vatslav Emelka («Viktoriya»), David Yurasek («Slaviya»), Ladislav Kreychi («Vulverxempton»), Karel Spachil («Viktoriya»), Adam Shevinski («Sparta»), Martin Vitik («Bolonya»), Tomash Vlchek («Slaviya»), Yaroslav Zelenii («Sparta»), David Zima («Slaviya»).

Yarim himoyachilar: Lukash Ambros («Gurnik»), Mixal Beran («Sigma»), Pavel Buxa («Tsintsinnati»), Lukash Cherv («Viktoriya»), Kriishtof Danek («LASK»), Vladimir Darida («Gradets-Kralove»), Patrik Xellebrand («Gurnik»), Adam Karabets («Lion»), Ondrjey Krichfalushi («Banik»), Tomash Ladra («Viktoriya»), David Planka («Banik»), Lukash Provod («Slaviya»), Matey Riinesh («Sparta»), Lukash Sadilek («Gurnik»), Mixal Sadilek («Slaviya»), Xyugo Soxurek («Sparta»), Aleksandr Soyka («Viktoriya»), Tomash Souchek («Vest Xem»), Pavel Shults («Lion»), Denis Vishinski («Viktoriya»).

Hujumchilar: Adam Glojek («Xoffenxaym»), Tomash Xorii («Slaviya»), Moymir Xitil («Slaviya»), Kristof Kabongo («Mlada-Boleslav»), Yan Kliment («Sigma»), Yan Kuxta («Sparta»), Vasil Kushey («Slaviya»), Ondrjey Mixalik («Gradets-Kralove»), Voytex Patrak («Pardubitse»), Vatslav Seyk («Sigma»), Patrik Shik («Bayer»), Matey Viidra («Viktoriya»).

Chexiya terma jamoasi JCh-2026ning «A» guruhida Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va Meksika terma jamoalari bilan kuch sinashadi.