Chempionship klubining 20 yoshli hujumchisini APLning ikki jamoasi kuzatib bormoqda

"Uotford" hujumchisi Rokko Vata Angliya Premer-ligasining ikki klubi short-listida bor.
Mail Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra 20 yoshli irlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" va "Fulxem" klublari qiziqish bildirmoqda. "Uotford" 23 million evro atrofida taklif olsa, futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Vata barcha turnirlarda o'nta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Hujumchining "Uotford" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining bozor narxi mashhur Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 1,8 mln evroni tashkil etadi.