Dushanba oqshomida Angliya Premer-ligasida «Aston Villa» va «Liverpul» jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda birmingemliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Natijada, Unai Emeri jamoasi Angliya chempionatida kuchli beshlikdan (top-5) joy olishini naqd qildi, bu esa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni anglatadi.

Hozirgacha 21 ta jamoa 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldi. Keling, ushbu yo'llanmalarga ega chiqqan klublar bilan tanishib chiqamiz:

  • Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa».

  • Italiya: «Inter».

  • Ispaniya: «Barselona», «Real Madrid», «Vilyarreal», «Atletiko Madrid», «Betis».

  • Germaniya: «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «RB Leyptsig».

  • Frantsiya: «PSJ», «Lans».

  • Niderlandiya: PSV, «Feyenoord».

  • Portugaliya: «Portu».

  • Chexiya: «Slaviya Praga».

  • Turkiya: «Galatasaroy».

  • Ukraina: «Shaxtyor Donetsk».

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qolgan yo'llanmalarning 7 tasi saralash (kvalifikatsiya) bosqichi o'yinlarida o'ynaladi.