Chempionlar ligasining «Mavsum kashfiyoti» e'lon qilindi

«Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Turkiyalik futbolchi UEFA matbuot xizmati tomonidan «Mavsum kashfiyoti» nominatsiyasida g'olib deb e'lon qilindi.
2025/2026 yilgi Chempionlar ligasi mavsumida 21 yoshli Arda Gyuler 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda u 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o'tamiz, «Real» Chempionlar ligasining chorak finaligacha etib borgan edi. U erda Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi.
Chempionlar ligasi g'olibi esa ikkinchi yil qatorasiga «PSJ» bo'ldi. Luis Enrike jamoasi finalda «Arsenal» bilan durang (1:1) qayd etgach, penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.