Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomi ma'lum bo'ldi

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Seshanba kuni «kanonirlar» yarim final javob bahsida «Atletiko»ni mag'lub etib (1:0, birinchi o'yin – 1:1), turnir finaliga yo'l olishgan edi.
Rays ushbu sovrin uchun kurashda «PSJ» himoyachisi Vilyan Pachoni ortda qoldirdi. Eslatib o'tamiz, parijliklar yarim finalda «Bavariya» to'sig'idan o'tishgan (5:4, 1:1).