Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
24 yoshli futbolchi chorak finalning javob bahsida «Real» darvozasiga g'alaba golini kiritgan edi (4:3).
So'rovnoma natijalariga ko'ra, keyingi o'rinlarni Usmon Dembele («PSJ»), Martin Subimendi («Arsenal») va Dani Olmo («Barselona») egallashdi.