Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi? UEFA nomzodlarni e'lon qildi

UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.
«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Galatasaroy»ga qarshi bahsda (4:0) bitta gol muallifiga aylandi.
«Real» vingeri Vinisius Junior «Manchester Siti» bilan o'yinda (2:1) dublni rasmiylashtirdi.
«Barselona» vingeri Rafinya «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda (7:2) ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
«Sporting» yarim himoyachisi Fransishku Trinkau esa «Budyo-Glimt» bilan bahsda (5:0) ikkita samarali pas uzatdi.