Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlari baholandi

FourFourTwo portali jurnalistlari jamoalarning yangi UEFA Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholashdi.
Amaldagi g'olib Frantsiyaning "PSJ" klubi turnirning asosiy favoriti hisoblanadi. Reytingda ikkinchi o'rinda "Barselona" joylashgan bo'lsa, kuchli uchlikni esa Angliyaning "Liverpul" jamoasi yakunlagan.
Kuchli o'ntalikka shuningdek: "Real", "Chelsi", "Bavariya", "Arsenal", "Manchester Siti", "Napoli" va "Inter" kiradi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Chempionlar ligasi final uchrashuvida "PSJ" va Milanning "Inter" klublari to'qnash kelgandi. Luis Enrikening jamoasi Italiya top-klubini osonlik bilan 5:0 hisobida mag'lub etdi. Parijliklar tarixda birinchi marta Chempionlar ligasida g'alaba qozonishdi.