Chempionlar ligasi yo'llanmasi qo'lga kiritilmasa, "Nyukasl" yulduzlarsiz qolishi mumkin

Agar «Nyukasl» Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, klub Sandro Tonali yoki Entoni Gordon kabi bir yoki bir nechta asosiy futbolchilarini sotishga majbur bo'ladi.
Moliyaviy feyr-pley (FFP) qoidalari sababli, «Nyukasl» jiddiy xaridlarni amalga oshirishdan avval bir nechta yulduzlarini "qurbon qilishiga" to'g'ri kelishi mumkin.
Hozirda jamoa 42 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda. 5-o'rindagi "Liverpul"da 49 ochko bor.