UEFA EChLning 6-tur uchrashuvlariga hakamlarni tayinladi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Real" - "Manchester Siti" bahsini Kleman Tyurpen boshqarib boradi.

O'yin 10 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu turning boshqa uchrashuvlariga ham hakamlar tayinlangan.

9 dekabr (seshanba)

"Qayrat" - "Olimpiakos": bosh hakam - Xuan Martines Munuera;
"Bavariya" - "Sporting": bosh hakam - Nikolas Uolsh;
"Inter" - "Liverpul": bosh hakam - Feliks Tsvaer;
"Barselona" - "Ayntraxt": bosh hakam - Davide Massa;
"Atalanta" - "Chelsi": bosh hakam - Alexandro Ernandes Ernandes;
"Tottenxem" - "Slaviya" Praga: bosh hakam - Benua Bastien;
PSV - "Atletiko": bosh hakam - Maykl Oliver;
"Monako" - "Galatasaroy": bosh hakam - Danni Makkeli;
"Yunion" - "Marsel": bosh hakam - Joau Pineyru.

10 dekabr (chorshanba)

"Vilyarreal" - "Kopengagen": bosh hakam - Ivan Krujlyak;
"Qorabog'" - "Ayaks": bosh hakam - Rade Obrenovich;
"Borussiya" D - "Bude-Glimt": bosh hakam - Erik Lambrexts;
"Bayer" - "Nyukasl": bosh hakam - Serdar Gezyubuyuk;
"Benfika" - "Napoli": bosh hakam - Slavko Vinchich;
"Yuventus" - "Pafos": bosh hakam - Xesus Xil Mansano;
"Bryugge" - "Arsenal": bosh hakam - Sven Yablonski;
"Atletik" - "PSJ": bosh hakam - Daniel Zibert.