Ushbu hafta Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. UEFA haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogar to'rt nafar futbolchini e'lon qildi.

Nomzodlar quyidagilar:

Markus Reshford («Barselona»)
Dushan Vlaxovich («Yuventus»)
Markus Tyuram («Inter»)
Fransishku Trinkan («Sporting»)

Reshfordning dubli «Barselona»ga «Nyukasl» ustidan (3:2) g'alaba qozonishda yordam berdi. Vlaxovichning ikki goli va bir assisti «Yuventus»ga Dortmundning «Borussiya»si bilan (4:4) durang o'ynash imkonini berdi. Tyuramning ikki to'pi «Inter»ga «Ayaks»ni (2:0) mag'lub etishga sabab bo'ldi, Trinkan esa «Qayrat»ga qarshi bahsda (4:1) ikki marta gol urdi.

Manba: stadion.uz