Chempionlar ligasi haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ikki nafar frantsuz da'vogar

UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi yarim final birinchi o'yinlari yakunlariga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrigiga da'vogarlarni e'lon qildi.
Ular — «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmann.
Dembele «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda (5:4) dubl qayd etgan bo'lsa, Grizmann UEFA kuzatuvchilari fikricha, «Arsenal»ga qarshi o'yinda (1:1) samarali harakatlar qayd etmaganiga qaramay, «juda ta'sirli» o'yin namoyish etgan.
Har ikki frantsuz o'z uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Manba: championat.com