Chempionlar ligasi finalining butun dunyo bo'ylab auditoriyasi ma'lum bo'ldi

«PSJ» va «Arsenal» Evropaning eng kuchli jamoasi nomini aniqlab berishadi. The Touchline nashrining yozishicha, Chempionlar ligasi finalini butun dunyo bo'ylab 920 million kishi tomosha qilishi kutilmoqda.
Uchrashuv bugun, 30 may shanba kuni Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Ferents Pushkash» stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» o'tgan mavsumda o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan edi. «Arsenal» esa hozirgacha ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritmagan.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.