Chempionlar ligasi finalida 2016 yildan buyon ilk bor ekstra-taymlar bo'ldi

"Arsenal" va "PSJ" Chempionlar ligasi finalining asosiy vaqtida g'olibni aniqlay olishmadi.
Dastlabki 90 daqiqa durang – 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoalar ikkita ekstra-taym (qo'shimcha bo'lim) o'tkazishadi.
EChL finali 2016 yildan buyon ilk bor qo'shimcha bo'limlargacha etib bordi – o'shanda "Real" penaltilar seriyasida "Atletiko"ni mag'lub etgan edi.