"Chelsi" zarbalar bo'yicha APL mavsumining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi

"Chelsi" shanba oqshomida 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Entso Mareska jamoasi o'z uyida "Vulverxempton"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Malo Gyusto, Joao Pedro va Pedru Netu mualliflik qildi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi.
Bu o'yinda "Chelsi" raqib darvozasiga 20 ta zarba yo'lladi. BBC xabariga ko'ra, zarbalar soni bo'yicha bu "aristokratlar"ning Premer-liga joriy mavsumidagi bir o'yindagi eng yaxshi ko'rsatkichidir.
Ayni paytda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda. Shu bilan birga, yakshanba kuni "aristokratlar"ning jadvaldagi o'rni pasayishi mumkin.