«Chelsi»ning ayrim futbolchilari yangi murabbiy borasidagi mavhumlik tufayli klubdagi kelajaklari borasida ikkilanmoqda. Chorshanba kuni London klubi yanvar oyidan beri jamoani boshqarib kelayotgan Liam Rosenorning iste'fosini rasman e'lon qildi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, «ko'klar»ning bir qator o'yinchilari ayni damda klubda qolish-qolmaslik masalasida bir qarorga kela olishmayapti – ular rahbariyatning yangi murabbiy borasidagi yakuniy tanlovini kutishmoqda. Yangi tayinlanadigan mutaxassis kim bo'lishi jamoa etakchilarining rejalariga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Hozirda «Chelsi» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar orasida quyidagi mutaxassislar tilga olinmoqda:

  • Andoni Iraola

  • Filipe Luis

  • Oliver Glasner

  • Sesk Fabregas

  • Yulian Nagelsmann