Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesga qiziqishda davom etmoqda.

"Qirollik klubi" skautlari "ko'klar"ning yaqinda bo'lib o'tgan "Liverpul"ga (2:1) qarshi o'yiniga tashrif buyurishdi. Defensa Central nashri tarqatgan xabarga ko'ra "qaymoqranglilar" vakillari argentinalik xavbekning o'yinidan hayratga tushishgan va uni o'z safiga qo'shib olish zarurligiga yana bir bor ishonch hosil qilishgan. 24 yoshli futbolchining o'zi "Real"da o'ynashni istaydi, ammo uning narxi - taxminan 130 mln evro - jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Transfermarkt portali Entso Fernandesning narxini ancha arzon - 75 mln evroga baholamoqda. Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan.