«Chelsi» yulduzi «Manchester Siti»ga qarshi final oldidan fikr bildirdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes «Manchester Siti»ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Kubogi finalidan nimalar kutayotgani bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv bugun «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
«Men juda hayajondaman. Hamisha sovrinlar yutishni orzu qilaman va har kuni shu maqsad yo'lida mehnat qilaman. Klub uchun ham, o'z faoliyatim uchun ham hamisha g'alaba qozonishni istayman. Final oldidan ruhiyatim juda yuqori va g'alaba qozonishga bo'lgan ishonchim komil», – deya argentinalik futbolchining so'zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.
O'tgan mavsumda Entso Fernandes «Chelsi» safida Konferentsiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibiga aylangan edi. «Manchester Siti» esa, o'z navbatida, joriy mavsumda allaqachon bitta sovrinni – Angliya liga kubogini qo'lga kiritib ulgurdi.