«Chelsi» yoki «Milan»? 41 yoshli Tyago Silva oldida qiyin tanlov

Himoyachi Tyago Silva «Portu»ni tark etdi. 41 yoshli futbolchining shartnomasi o'z nihoyasiga etdi.
ESPN xabariga ko'ra, «Chelsi» Silvani jamoaga qaytarishdan manfaatdor. Futbolchi «ko'klar»ning murabbiylar shtabidan o'rin olishi mumkin.
Biroq braziliyalik futbolchida avvallari to'p surgan «Milan»dan ham taklif bor. Ta'kidlash joizki, «rossonerilar» Silvaga murabbiylik lavozimini emas, balki futbolchi sifatida bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.