Londonning «Chelsi» klubi ketma-ket to'rtinchi mavsumni ham liboslarida bosh homiy (titul sponsor) logotipisiz boshlaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, «ko'klar» rahbariyati taslim bo'lgani yo'q va yangi hamkor topishga bo'lgan urinishlarni faol davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» uchun o'tgan mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Klub Premer-liga turnir jadvalida bor-yo'g'i 52 ochko jamg'arib, 10-o'rinni egalladi va hatto Konferentsiyalar ligasi yo'llanmasidan ham mahrum bo'ldi.

Yangi mavsumdan boshlab basklik mutaxassis Xabi Alonso «ko'klar»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. O'tgan mavsumda londonliklar ikkita murabbiy bilan ishlashga ulgurishdi: yanvar oyida Entso Mareska iste'foga chiqarilgan bo'lsa, aprelda — mavsum yakunlanishi arafasida Liam Rosenor ham o'z lavozimini tark etdi.

Manba: Stadion.uz