Frantsiyaning "Renn" klubi markaziy himoyachisi Jeremi Jake Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Le Parisien jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchini Londonning "Chelsi" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Pensionerlar" Jakeni o'z safiga qo'shib olishga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.

20 yoshli himoyachi o'tgan yilning yanvar oyidan beri "Renn" sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozor narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Jeremi 15 ta o'yinda qatnashib, uchta sariq kartochka oldi va bir marta chetlatildi.