"Chelsi" markaziy himoyachisi Benua Badyashil kamida dekabrgacha jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda "ko'klar" ustozi Entso Mareska aytib o'tdi.

- Benua Badyashil dekabrgacha o'ynamaydi. Uning mushaklarida muammo bor," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, Badyashil mushaklari shikastlangani sababli mavsum boshini o'tkazib yubordi. Safga qaytgach, 24 yoshli frantsuz atigi uchta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurdi va jami 147 daqiqa o'ynadi.