Londonning "Chelsi" klubi EChL 4-turida Ozarbayjonga safar qildi va kutilmaganda "Qorabog'" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ushbu o'yinda "aristokratlar" ustozi Entso Mareska ko'plab rotatsiyalarni amalga oshirdi.

Jurnalist Mett Lou xabariga ko'ra, Entso Mareskaning rotatsiya qilish siyosati klub xo'jayinlari va sport direktorlari tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanmoqda.

"Chelsi" rotatsiya ba'zi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkinligini tan oladi, masalan, mavsumning birinchi yarmida "Qorabog'" bilan durang, ammo bu uzoq muddatli natijalarga olib kelishiga ishonadi.

"Aristokratlar" navbatdagi o'yinini shanba kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.