«Chelsi» hammuallifi Bexdad Egbali jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenorning faoliyati haqida fikr bildirdi.

Angliyalik mutaxassis «ko'klar»ning so'nggi oylardagi muvaffaqiyatsiz natijalari fonida tanqidlar ostida qolgan edi.

«Bizningcha, Rosenorda «Chelsi»da muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlar mavjud. U ishni juda yaxshi boshladi. To'g'ri, so'nggi besh-oltita o'yin og'ir kechdi, lekin biz Liamni qo'llab-quvvatlaymiz. Albatta, futbol — bu natijaga yo'naltirilgan biznes, ammo biz murabbiy uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonamiz», — deya Egbalining so'zlarini keltiradi «The Athletic».

Liam Rosenor ushbu lavozimni yanvarda Entso Mareska o'rniga egallagan edi.