"Chelsi" xavbeki uchun qancha pul talab qildi?

"Chelsi"ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Fichajes.
Manbaga ko'ra, "Los Blankos" Fernandesni qo'lga kiritishga qiziqmoqda, ammo klub uni qo'lga kiritish uchun katta miqdorda pul to'lashi kerak.
«Chelsi» yarim himoyachiga 140 million evrolik taklif tushsa, uni qo'yib yuborishga tayyor. Xabarlarga ko'ra, "ko'klar" narxni pasaytirishni istamayapti, chunki ular 2023 yilda Entso uchun 121 million evro to'lagan.