"Chelsi" vingeri Rahim Sterling xorij klubiga o'tish niyatida emas.

30 yoshli futbolchi bosh murabbiy Entso Mareskaning rejalariga to'g'ri kelmayapti, "ko'klar" rahbariyati hatto futbolchi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda.

Sterlingga Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda, ammo ingliz futbolchisi xorijga ketish niyatida emas, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, Turkiyada transfer oynasi hamon ochiq.