«Chelsi» va «Strasbur» fanatlari Todd Bouli va BlueCo kompaniyasiga qarshi namoyish o'tkazdi

«Chelsi» va «Strasbur» muxlislari «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yin boshlanishidan avval Londonda norozilik marshiga chiqishdi.
Fanatlar har ikki klubning umumiy egasi — rahbarlaridan biri Todd Bouli bo'lgan BlueCo kompaniyasiga qarshi chiqishdi.
Namoyishchilar «Stemford Bridj» stadioni sari yo'l olar ekan, bannerlar ko'tarishdi, klub xo'jayinlari sha'niga turli shiorlar aytishdi va fayerlar (mash'alalar) yoqishdi.
Politsiya xodimlaridan birining so'zlariga ko'ra, aktsiyada 500 ga yaqin muxlis ishtirok etgan. Tashkilotchilar esa odamlar soni bundan ancha ko'p bo'lganini ta'kidlashmoqda.