«Chelsi» va «Manchester Yunayted» «Bornmut» yarim himoyachisini kuzatib bormoqda

«Bornmut»ning 27 yoshli xavbeki Tayler Adams Angliya Premer-ligasining ikkita top-klubi ro'yxatidan joy olgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik futbolchining xizmatlariga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, yarim himoyachini o'z tarkibida ko'rishni «ko'klar»ning bosh murabbiyi Xabi Alonso, shuningdek, «qizil iblislar» ustozi Maykl Kerrik shaxsan xohlamoqda.
Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumida Adams 25 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt mutaxassislari Adamsning qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar