«Chelsi» va «Liverpul» norvegiyalik vinger uchun kurash olib boradi

«Benfika»ning norvegiyalik vingeri Andreas Shelderup yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Portugaliyaning O Jogo nashri xabar bermoqda.
Angliya Premer-ligasining grand klublari yosh futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenxem» Shelderup bo'yicha rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
22 yoshli vinger «Benfika» safida jami 86 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 15 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozib qo'ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar