"Chelsi" va "Liverpul" afsonalari xayriya uchrashuvi o'tkazishadi.

Uchrashuv 11 oktyabr kuni “Stemford Brij”da bo'lib o'tadi va London klubining 120 yilligiga bag'ishlanadi.

Yig'ilgan mablag'lar "Chelsi" jamg'armasi va "klubni bugungi kunga keltirgan" odamlarni qo'llab-quvvatlash loyihalariga yo'naltiriladi.

"Chelsi" tarkibida jamoaning birinchi Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan sobiq bosh murabbiy Roberto Di Matteo va sobiq sardor Jon Terri ishtirok etadi.