"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska 18 yoshli Estevao Villian haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Yosh vinger jamoadagi debyut mavsumida o'zini yorqin namoyon qilmoqda. U jarohat tufayli "ko'klar"ning so'nggi ikki o'yinida maydonga tushmadi.

"Estevao - hozirdanoq dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilardan biri, ammo u tinimsiz o'z ustida ishlashda davom etishi kerak. Shubhasiz, agar u o'sishda davom etsa, eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi BBC Sport.

Shanba kuni "Chelsi" Premer-ligada "Aston Villa"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi. Estevao maydonga tushishga tayyor, bu haqda avvalroq London grandi bosh murabbiyi ma'lum qilgandi.