«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor yarim himoyachi Entso Fernandesning tarkibga qaytishi haqida to'xtalib o'tdi.

Argentinalik futbolchi matbuotdagi bayonotlari sababli klub tomonidan ikkita o'yinga chetlatilgan edi. Yakshanba kuni «ko'klar» o'z maydonlarida asosiy yarim himoyachisiz «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berishdi (0:3).

«Har qanday jamoa Entsoni sog'ingan bo'lardi, ammo biz klubning uzoq muddatli manfaatlarini ko'zlab ushbu qarorni qabul qildik. Mening Fernandes bilan shaxsiy adovatim yo'q. U seshanba kuni tarkibga qaytadi. Entso — ajoyib futbolchi, yaxshi yigit va men uning qaytishini intiqlik bilan kutyapman. Biz allaqachon gaplashib oldik», — dedi Rosenor «shaharliklar»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi matbuot anjumanida.

18 aprel kuni londonliklar Premer-liganing 33-turi doirasida o'z maydonlarida «Manchester Yunayted»ni qabul qilishadi.