"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan diskvalifikatsiyaga uchradi.

Ekvadorlik 24 yoshli tayanch yarim himoyachisi APLning 19-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga (2:2) qarshi o'yinning 4-daqiqasidayoq hakam Sem Barrott tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Bu orqali uning Premer-ligadagi ogohlantirishlari soni 5 taga etdi. Shu tariqa, Kaysedo kartochkalar ko'payib ketgani sababli 4 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" - "Chelsi" o'yinini o'tkazib yuboradi.